Jahon | 16:15 / 19.01.2024
15436
3 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofidagi pozitsiyalar va Moskvada to‘r to‘qiyotgan bolalar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 694-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi Vesele qishlog‘i egallangani haqida ma’lum qildi. Ukraina hozircha bu bayonot yuzasidan izoh bermagan.
  • NATO sovuq urush davridan buyon 90 mingga yaqin harbiy ishtirokidagi eng yirik mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
  • Ayblovchi tomon Igor Strelkov (Girkin) uchun to‘rt yil-u 11 oylik qamoq jazosi so‘radi.
  • Estoniya hukumati Moskva patriarxati Estoniya pravoslav cherkovi rahbarining yashash ruxsatnomasi muddatini uzaytirmaslikka qaror qildi. U mamlakatni tark etishiga to‘g‘ri keladi.
  • Vologodskaya oblastida huquq faoli Grigoriy Vinter Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatgani uchun uch yilga qamaldi. U diabet kasalligi tufayli endi ozodlikka chiqa olmasligidan xavotirlanmoqda. Hukm o‘qilishidan oldinroq Vinter Vladimir Putinga murojaat yo‘llab, agar qamoq jazosi beriladigan bo‘lsa, unga ko‘ngilli ravishda evtanaziya qilishga ruxsat berilishini so‘ragandi.
  • Yevroparlament Vengriyani Ukrainaga yordamni bloklagani uchun tanqid qildi va 30 milliard yevrolik yordamni to‘xtatib qo‘ymaslikka chaqirdi.
  • RF mudofaa vazirligi ilk marta Leningrad oblasti osmonida dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Belgorod oblasti rahbari esa havo hujumidan mudofaa kuchlari 10 ta raketa urib tushirilgani haqida ma’lum qilgan.

Ukrainlarning Baxmut atrofidagi havo hujumidan mudofaa tizimi

Baxmut atrofidagi front chizig‘ida zenit mashinani jangga tayyorlayotgan ukrainalik askar
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Baxmut yaqinida frontdagi pozitsiyaga ketayotgan Ukraina zenit mashinasi
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Osmondan rossiyaliklarning dronlarini qidirayotgan harbiylar
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainlarning zenit mashinasi Baxmut yaqinidagi front chizig‘ida nishonni o‘qqa tutmoqda
Ignacio Marin / Anadolu / ddp / Vida Press

Vayron bo‘lgan Baxmut

 

Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

 

«Rossiya» forumidagi master-klass 

Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida «Rossiya» forumidagi «Semya, Trud, Dolgoletiye» pavilyonida maskirovka to‘rlari to‘qiyotgan bolalarKirill Kallinikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Kirill Kallinikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Ishtirokchilari qattiq bankalardan okop uchun shamlar yasayotgan master-klass
Kirill Kallinikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Kirill Kallinikov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid