Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmati ko‘rsatishda eng ko‘p qonunbuzilish holati aniqlangan vazirlik va idoralar ma’lum qilindi
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida eng ko‘p qonunbuzilish holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar ma’lum qilindi.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha, davlat xizmatlari bo‘yicha eng ko‘p qonunbuzilish holati kommunal idoralarda aniqlandi – 44 731 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 10 118 ta hamda 7 655 ta qonunbuzilish holati qayd etilgan kadastr idoralari va qurilish idoralari joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich sog‘liqni saqlash muassasalarida – 4 830 ta holatni, hokimliklarda – 4 755 ta holatni tashkil qildi.
Bundan oldin davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida jami 99 883 ta qonunbuzilish holati aniqlangani xabar berilgandi.
Shundan 81 458 tasi muddat buzilishi, 7 115 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 4 593 tasi to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, 2 113 tasi asossiz rad etish, 10 tasi vakolatli organ qonuniy talabini bajarmaganlik hamda 4 594 tasi boshqa turdagi qonunbuzilishlarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:00 / 07.08.2025
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar qo‘llanadi
12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi
19:09 / 10.04.2025
Davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin
22:15 / 12.03.2025