Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy dori vositalari narxi 44 foizgacha pasaydi
Shu yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan O‘zbekiston farmatsevtlarining Pharmclub.uz hamkorligida davra suhbati tashkil qilindi.

Ma'lumki, o‘tgan yilning 31 oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Qarorga asosan, endilikda chetdan olib kelinadigan hamda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar:
- ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan,
- chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, cheklangan narxlarda sotuvga chiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 va 2017 yillar uchun taqqosiy jadvali mahalliy dori vositalarining narxi 8 foizdan 44 foizgacha pasaygan.
Yana bir muhim jihat esa, tibbiyotda keng qo‘llaniladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar joriy etilganidir.
Qarorda nazarda tutilgan cheklangan narx belgilangan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar to‘g‘risida ma'lumot:

Shuningdek, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab respublikadagi barcha dorixonalarda “Iste'molchilar burchagi” tashkil etilib, unda dorixonalar uchun majburiy bo‘lgan eng zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarning minimal ro‘yxati, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati, belgilangan narxlarda sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning cheklangan narxlari, cheklangan narxlarda sotuvga chiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 va 2017 yillar uchun taqqosiy jadvali ilindi.
Mavzuga oid
19:59 / 03.11.2025
1 yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi tushishi kutilmoqda
08:18 / 01.05.2025
UNRWA: G‘azoda dori-darmon tugayapti, falastinliklar davolanish imkonidan mahrum
02:22 / 19.04.2025
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
17:27 / 02.12.2024