2024 yilning iyulida OITS böyiça Butunjahon konferensiyasida taqdim etilgan lenakapavir (lenacapavir) dorisi sinovlarining natijalari mutaxassislarni lol qoldirdi: uşbu preparat bilan OITSga qarşi kuraşda hal qiluvçi yutuqlarga erişiş mumkin.
“Qattiq hayajondaman. Bu ma’lumotlar taqdim etilganda, zaldagilarning ruhi şu qadar kötarildiki, bunday holatni ilgari kamdan kam körganman”, — degan Kyoln universiteti klinikasining yuqumli kasalliklardan himoya qiliş markazi rahbari, professor Klara Leman.
Lenakapavirning öziga xos xususiyati nimada?
Uşbu antiretrovirus preparati OITV infeksiyasining oldini oliş va davolaşda deyarli 100 foiz samara körsatdi. Bundan taşqari, uni yiliga faqat ikki marta qöllaş kifoya. Taqqoslaş uçun, boşqa profilaktika vositalari, masalan, kabotegravir (CAB) inʼeksiyasi har 1-2 oyda qilinadi, truvada tabletkalarini esa har kuni qabul qiliş lozim.
Gap faqat qulaylikda emas. In’yeksiyalarni juda kam — yarim yilda bir marta oliş vaziyatni sezilarli darajada yengillaştirişi mumkin. Bu ayniqsa davolaniş qiyin bölgan yoki oilaviy vaziyat va stigmatizatsiya sababli har kuni dori qabul qiliş imkonsiz bölgan hollarda muhim, deydi Geydelberg global soğliqni saqlaş institutining ilmiy xodimi Astrid Berner-Rodoreda.
Uning aytişiça, dori avvalo ayollar va yoş qizlarga foyda keltiradi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining OITV/OITS böyiça Qöşma dasturi ma’lumotlariga köra, aynan ular orasida OITV bilan kasallaniş darajasi hamon yuqoriligiça qolmoqda.
Lenakapavir qaçon bozorga çiqadi?
AQŞning Gilead Sciences farmatsevtika kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan dori Yevropa Ittifoqida OIV bilan kasallangan bemorlarni davolaş uçun allaqaçon ruxsat etilgan. Biroq u hali sotuvda yöq. Kompaniya öz mahsulotidan OIVning kontakt oldi profilaktikasi uçun foydalanişga ruxsat berilişini kutayotgan bölişi mumkin. Ruxsatnoma yaqin orada berilişi kutilmoqda.
Şuni aytiş kerakki, hozirça lenakapavir OITSga qarşi kuraşda uzoq kutilgan buriliş nuqtasi böladimi yoki yöq, noma’lum — hammasi uni keng miqyosda qöllaş boşlanganidan keyin aniq böladi. Buning uçun esa dori narxi arzon bölişi kerak.
Yangi dori qança turadi?







