Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2028-2029 yillarda Markaziy Osiyoda suv tanqisligi yuzaga keladi - YeOTB
Shuningdek, elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham oshishi kutilmoqda.
Foto: nat-geo.ru
2028–2029 yillarda Markaziy Osiyo doimiy va barqaror suv tanqisligiga duch keladi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) xabar berdi.
YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari besh yildan so‘ng suv tanqisligi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishiga duch keladi.
Kelgusi 10 yil ichida Markaziy Osiyoda elektr energiyasiga talab sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. 2035 yilgacha bo‘lgan davrda mavjud gidroelektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish hisobiga hududdagi gidroelektr stansiyalar quvvatini 8900 MVt qilish rejalashtirilgan. Mintaqada amalga oshirilayotgan eng yirik yangi loyihalar qatoriga Qirg‘izistonda quvvati 1860 MVt bo‘lgan Qambar-Ota-1 GES va Tojikistonda 3600 MVt quvvatga ega Rog‘un GES qurilishi kiradi.
«Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, Markaziy Osiyo dunyodagi gidroenergetika salohiyatining 25 foizdan kamrog‘i rivojlangan sanoqli hududlardan biridir. Ayni paytda hududda 80 dan ortiq GES mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati qariyb 14 ming MVt», dedi Nikolay Podguzov.
Bank yaqin 3 yilda Markaziy Osiyo suv-energetika kompleksini rivojlantirishga 400 million dollardan ortiq sarmoya kiritishi mumkin.
Joriy yilda YeOTB Qirg‘izistonda 100 MVt quvvatga ega Qulonoq GES qurilishini moliyalashtirishni boshladi va boshqa gidroenergetika loyihalarini, jumladan Qambar-Ota-1 GES va Rog‘un GES qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 18.12.2025
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi
13:07 / 17.12.2025
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi
23:24 / 12.12.2025
Qozog‘iston eshiklari markaziy osiyolik migrantlar uchun «ochilishi» mumkin
13:31 / 12.12.2025