O‘zbekiston | 09:35 / 09.03.2021
4802
2 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida «Amir Temur jangovar bayrog‘i uchun» musobaqasi tashkil etiladi 

Prezidentning “Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Amir Temur jangovar bayrog‘i uchun” musobaqasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, qaror loyihasi davlat rahbari tomonidan 2021 yil 12 yanvar kuni prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda bosh vazir tomonidan 2021 yil 4 fevral kuni tasdiqlangan Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishning kalendar rejasi 27-bandidagi “Harbiy okruglar o‘rtasida har yili jangovar-xizmat faoliyatini, harbiy xizmatchilarning professional va axloqiy-ruhiy tayyorgarligi hamda ularning milliy tariximiz, “Temur tuzuklari”, kurash, chavandozlik, merganlik, milliy jang san'ati, baxshichilik, she'rxonlik, kitobxonlik, umuman harbiy va ma'naviy hayotimiz bilan bog‘liq qadriyatlarimizni bilishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan harbiy okrugga “Amir Temur jangovar bayrog‘i” va I darajali diplomni tantanali topshirish” to‘g‘risidagi vazifalarni bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qaror loyihasida:

  • Mudofaa vazirligi harbiy okruglari (birlashmalar) o‘rtasida “Amir Temur jangovar bayrog‘i uchun” musobaqasini tashkil etish;
  • “Amir Temur jangovar bayrog‘i uchun” musobaqasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda “Amir Temur jangovar bayrog‘i”ning tavsifi  va ko‘rinishini tasdiqlash;
  • musobaqa uchun xarajatlar manbalarini belgilash, shuningdek, musobaqani o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston davlat budjetidan qo‘shimcha xarajatlarni talab etmasligi aytiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid