Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
Qabriston nazoratchisining xatti-harakati uchun aybdorga chiqarilgan obodonlashtirish bo‘limi kadrlar bo‘yicha mutaxassisining ishi Surxondaryo viloyati sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqiladi.
Foto: Kun.uz
Kun.uz surxondaryolik yolg‘iz ona Iroda Sharipovaning unga nisbatan Qiziriq tumani sudi tomonidan chiqarilgan qarordan noroziligi yuzasidan murojaatini e’lon qilgan edi. Viloyat sudi kanalida berilgan xabarga ko‘ra, mazkur ish Surxondaryo viloyat sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqiladi.
“11 dekabr kuni sudlangan I. Sharipova tomonidan sudning hukmiga nisbatan kassatsiya tartibida shikoyat berilgan bo‘lib, ayni paytda mazkur shikoyat jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi tomonidan Surxondaryo viloyat sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilmoqda.
Demak, birinchi instansiya sudi hukmining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligiga yuqori instansiya sudi tomonidan huquqiy baho beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Uzun tuman obodonlashtirish bo‘limi qabriston nazoratchisi Abubakr Hotamov ish davrida Termizdagi diniy maktabda o‘qigan va buni tashkilotdan berkitgan. Uning faoliyatini nazorat qilish o‘sha paytda tuman obodonlashtirish bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi Iroda Sharipovaning vakolatiga kirmagan, rahbariyat ham bu yerda bee’tiborlik qilganini tan olgan va kamomad qoplangan. Ammo Iroda aybdor deb topilib, jazolangan.
Mavzuga oid
19:35 / 25.12.2025
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi
18:28 / 25.12.2025
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi?
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
18:56 / 22.12.2025