Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudi “Credit House” va “In Fin Story” MÇJ mansabdorlari hamda boşqalarga nisbatan juda köp miqdordagi firibgarlik işini körib çiqişni boşladi. Kun.uz muxbiri Dilşoda Şomirzayeva sud binosida bölib, jarayonni jonli efirda yoritdi.
25 dekabr kuni Toşkentdan odamlarga quruvçi firmalar orqali uy olib berişni va’da qilgan “Credit House” va “In Fin Stroy” MÇJlari bilan boğliq jinoyat işi böyiça sud boşlandi. Kun.uz sud boşlangungaça bölgan jarayonni jonli efirda uzatib bordi.
Işni jinoyat işi böyiça Yakkasaroy tuman sudi körib çiqmoqda. Dastlabki majlisda iştirok etiş uçun jabrlanuvçilardan köpçiligi keldi. Ammo majlis xonasiga ularning bir qismi kira oldi.
Sudya Bahodir Qayumov sudni oçib, tomonlarni taniştirdi. Ammo majlis tezda yakunlandi. Bunga sudlanuvçilarning 2 nafarida ayblov xulosasi va 3 nafarida advokat yöqligi sabab ekani aytildi. Tanaffus ma’lum qilingaç, keyingi sud 2026 yil 6 yanvar 14:00 da bölişi ta’kidlandi.
Eslatib ötamiz, mazkur iş doirasida 9 kişi Jinoyat kodeksining 8 moddasi bilan ayblanmoqda. Bular: uyuşgan guruh tomonidan juda köp miqdorda firibgarlik, mulkiy zarar yetkaziş, juda köp miqdorda valuta qimmatliklarining qonunga xilof muomalasi, çet el valutasini yaşiriş, juda köp miqdordagi soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş, savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş, nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişdir.
1766 nafar fuqaro jabrlanuvçi sifatida e’tirof etilgan. Hozirça ularga yetkazilgan jami zarar miqdori ma’lum emas. Kun.uz jarayonni kuzatişda davom etadi.
Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi.











