Toşkentda oson şartlar bilan uy olib berişni va’da qilgan “Credit House” va “In Fin Stroy Invest” bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari yakunlanib, iş mazmunan körib çiqiş uçun sudga yuborilgani ma’lum qilingandi.
Mazkur iş jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tumani sudi sudyasi Baxodir Qayumov tomonidan körib çiqiladi. Dastlabki sud majlisi joriy yil 25 dekabr kuni soat 14:00 ga belgilangan. Bu haqdagi ma’lumot Oliy sudning sud majlislari onlayn jadvaliga joylaştirildi. Undan körinişiça, jabrlanuvçilarning umumiy soni 1766 nafarni taşkil etmoqda.
Eslatib ötamiz, Toşkent şahrida oson şartlarda uy olib berişni va’da qilib, minglab odamlarni çuv tuşirgan “Credit House” işi doirasida 9 kişi ayblangan.
Jumladan, Baxtiyor Amzayev, Dmitriy Bajyenov, Robiya Galyamova, Klara Talipova, Ğayrat Mirkamalov va Bahrom Hikmatullayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (uyuşgan guruh tomonidan juda köp miqdorda firibgarlik), 170-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (mulkiy zarar yetkaziş), 177-moddasi 4-qismi “a,b” bandlari (juda köp miqdorda valuta qimmatliklarining qonunga xilof muomalasi), 178-moddasi 3-qismi (çet el valutasini yaşiriş), 184-moddasi 3-qismi (juda köp miqdordagi soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş), 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) va 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) bilan ayblanmoqda.
Şuningdek, Alişer Şamsiddinovga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v”, 170-modda 2-qismi “a,v”, 177-moddasi 4-qismi “a,b”, 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,v” va 243-modda bilan, Şoira Rahimova va Şuxrat Mahamadovga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,v”, 170-modda 2-qismi “a,v”, 177-moddasi 4-qismi “a,b”, 178-modda 3-qismi, 192¹¹-moddasi 2-qismi “a,v”, 243-modda bandlari böyiça ayblov e’lon qilingan.
Jinoyat natijasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararning aniq miqdori hozirça ma’lum emas. Dastlabki tergov organi bu ma’lumotni oçiqlamagan. Kun.uz manbalari umumiy zarar 1 trillion sömdan oşiq ekanini aytgan. Agar bu tasdiqlansa miqdor jihatdan Özbekistonda şu paytgaça sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari içida rekordi bölişi mumkin.












