Sport | 17:32 / 24.02.2017
15773
1 daqiqa o‘qiladi

Stol tennisida yangi rekord

Hollandiya va yaponiyalik stol tennischilari bir to‘pni o‘ynash uchun sarflangan vaqt bo‘yicha rekord o‘rnatishdi, deb xabar bermoqda Straits Times.

Uchrashuv stol tennisi bo‘yicha Qatar Open xalqaro musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Hollandiyalik Li Tszi va yaponiyalik Xitom Sato bir ochkoni 10 daqiqayu 13 soniya davomida o‘ynashgan hamda to‘pga 766 marotaba zarba berishgan.

Shu bilan bir qatorda, yakunda ochko hech kimga nasib etmadi – hakam raundni o‘yin zonasiga yana bir to‘p tushib ketgani tufayli to‘xtatgan. Uchrashuvning qolgan qismi vaqt nazorati ostida o‘tkazildi – to‘pga berilgan ma'lum bir zarbalar sonidan keyin ochko tomonlardan biriga hisoblangan.

Oxir-oqibat Li Tszi g‘olibaga aylandi. U endilikda jahonning to‘rtinchi raketkasi Fen Tyanvey bilan kurash olib boradi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid