Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh muhandislar Ginnes rekordini yangiladi – vazirlik
2023 yilda Hindistonda 1459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan.
Foto: Telegram/Edu.uz
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 1946 nafar yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘di. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram-kanalida xabar qilinmoqda.
“Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor Ginnes rekordlar kitobi sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi. Bu jarayon nafaqat yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi, balki ularning izlanuvchanligi, jamoaviy hamjihatligi va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishini ham yorqin ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushirishi, talaba-yoshlar bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilayotganini yozgandi.
Ma’lumot berilishicha, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
17:10 / 23.04.2026