Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet kompaniyasi Malibu, Spark va Cruze modellarini yangiladi
Foto: General Motors
Chevrolet kompaniyasi Malibu, Spark va Cruze modellarini yangiladi. Avtomobillarning kuzovi old qismi o‘zgargan, bezaklarida ko‘proq xrom qo‘llangan. Shuningdek, Spark avtomatik tormozlash tizimi bilan jihozlangan, Malibu esa ilk bor “sport” versiyasida taklif qilingan.
Spark xetchbegida yangi bamper, radiator panjarasi va linzalangan old optika paydo bo‘lgan. Endi modelning standart versiyasiga 10 ta xavfsizlik yostiqchasi, orqa ko‘rinish kamerasi va konditsioner kiradi. Spark 99 ot kuchiga ega 1,4 litrli dvigatel yordamida harakatlantiriladi va mexanik uzatmalar qutisi yoki variator bilan birga ishlaydi.
Foto: General Motors
Sedan va xetchbekdan iborat Chevrolet Cruze oilasi yangi dizayn bilan birga yorug‘lik-diodli orqa faralar hamda modernizatsiya qilingan g‘ildirak disklari olgan.
Foto: General Motors
Yangilangan Cruze modeli 7 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, WiFi, LTE, Bluetooth, dvigatelni masofadan ishga tushirish va iqlim-nazorati bilan jihozlangan. Mashinaning elektron yordamchilari quyidagilardan iborat: orqa parktronik, polosada ushlab turish tizimi, ko‘ndalang yo‘nalishda kelayotgan avtomobillardan ogohlantirish, “ko‘rinmas” hududlar monitoringi.
Foto: General Motors
RS (sport) versiyadagi Malibu sedani qora rangli radiator panjarasi, orqa spoyler, 18 dyuymli g‘ildirak disklari va ikki quvurli gazlar chiqarish tizimini olgan.
162 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbomotorda ishlovchi Malibu endilikda 6 pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi o‘rniga variator bilan jihozlanadi. Shuningdek, “Malibu” qatorida 253 ot kuchiga ega 2 litrli motor va 185 ot kuchiga ega gibrid kuch qurilmasi mavjud.
Foto: General Motors
Mavzuga oid
18:30 / 17.10.2025
Chevrolet mashinalariga talab pasaydi, elektromobillar sotuvida o‘sish. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi
13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi
23:53 / 04.07.2025