Farğonada IIB Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan qoidabuzarliklari bekor qilib kelingan Malibu maşinasi viloyat IIB YHXB boşliği podpolkovnik Akmal Ahmedovning turmuş örtoğiga tegişli bölgan. Buni Kun.uz manbalari tasdiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatida Malibu maşinasi tomonidan sodir etilgan yuzdan ortiq qoidabuzarliklar asossiz bekor qilib kelingani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB YHXB munosabat bildirib, holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilganini ma’lum qildi. Unga köra, Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşqarmasining 5 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo tayinlangan.
Şuningdek, munosabatda Malibu rusumli 40 081 SBA davlat raqamli avtotransport vositasida sodir etilgan barça qoidabuzarliklar böyiça jarimalar belgilangan tartibda undirilgani aytilgan.
Kun.uz holat yuzasidan qöşimça ma’lumot oliş maqsadida Farğona viloyati IIB YHXB matbuot kotibi Elbek Qobilov bilan boğlandi.
“2024-2025 yillarda uşbu maşina tomonidan sodir etilgan jami 61 ta qoidabuzarlik böyiça jarimalar bekor qilingan. Xizmat tekşiruvi yakuni böyiça jarimalarning barçasi undirilgan. Jarimalarning umumiy summasi böyiça ma’lumoti yöq”, deydi Elbek Qobilov.
Şuningdek, boşqarma matbuot kotibi uşbu Malibu tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni tahlil qilib körmaganini, ular asosan qanday turdagi qoidabuzarlik ekanidan xabari yöqligini bildirdi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda esa 40 081 SBA davlat raqamli Malibu hatto bir neçta holatda svetoforning qizil çiroğida ham harakatlanganini köriş mumkin.
Turmuş örtoğiga tegişli Malibu jarimalarini asossiz öçirişni Akmal Ahmedov buyurganmi yoki xodimlarning özining taşabbusi bölganmi, bu hozirça aniq emas.












