Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nayrangbozligi ish bermadi
1 fevral kuni Toshkent viloyati IIBga viloyat Bojxona boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 23 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga Chinoz tumani Yallama q.f.y. hududida joylashgan “Yallama” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan, Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, Olmaota viloyati Talgarskiy tumani Lenin ko‘chasi 21-uyda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan R.Ye. boshqaruvidagi “Kamaz”, rusumli tirkamasi bo‘lgan yuk avtomashinasi bojxona postidan o‘tkazilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Tezkor kuzatuvga olingan holda tovarlar import rejimiga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun Jizzax viloyati hududida joylashgan “Jizzax” TIF bojxona postiga yo‘naltirilgan bo‘lsada, bojxona organlari belgilab bergan transport harakati yo‘nalishidan haydovchi R.Ye. tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilib, Zangiota tumani Ulug‘bek mahallasida joylashgan “Tovuq” fermasi hududiga kirib kelganida, avtomashina yukxonasi tekshirilganida yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan sintetik mato va parda jihozlari tovarlari umuman yo‘qligi, uning o‘rniga 37.324 dona ayollar, erkaklar, bolalar kiyim-kechaklari, 41 dona ayollar sumkalari, 33 dona ko‘zoynaklar, 240 dona mobil telefon g‘iloflari va 9 juft ayollar oyoq kiyimlari borligi aniqlanganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
11:15 / 07.01.2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” nomli soxta guruhlar tashkil etib, firibgarlik qilgan shaxslar ushlandi
08:21 / 26.12.2025