«O‘zbekneftgaz» AYoQShlarda sotilayotgan sifatsiz benzin xorijda ishlab chiqarilganini ma'lum qildi
“O‘zbekneftgaz” neft bazasi va ayrim xususiy AYoQShlarda aholiga sotilayotgan avtobenzin va dizel yonilg‘ilarining sifatini o‘rgandi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/57irtr1OurZNcKNljNdDaqxl_RtDSirN.jpg)
“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatiga ko‘ra, shirkat tasarrufidagi “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtobenzin va dizel yonilg‘ilari iste'molchilarga, shu jumladan, aholi ehtiyojlari uchun neft bazalari hamda xususiy avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSh) orqali sifat ko‘rsatkichlari amaldagi davlat andozalari talablariga mos ravishda yetkazib berilmoqda.
AYoQShlarda, shuningdek, tadbirkorlar tomonidan respublika hududiga chet davlatlardan import asosida olib kelingan avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham sotilmoqda.
“So‘nggi paytlarda, avtotransport boshqaruvchilari tomonidan avtobenzin va dizel yonilg‘isining sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan talablarga javob bermasligi to‘g‘risidagi murojaatlar ko‘paygani kuzatilmoqda.
Respublika iste'molchilarini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlashning asosiy qismi bevosita “O‘zbekneftgaz” tomonidan yuritilayotganini inobatga olib, yuqoridagi holatlarni o‘rganish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” mutaxassislari tomonidan Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim xususiy AYoQShlarda va neft bazalariga qarashli bo‘lgan AYoQShlarda aholiga sotilayotgan avtobenzin va dizel yonilg‘ilaridan mart-aprel oylarida amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga binoan namunalar olindi”, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, olingan namunalar “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodining akkreditatsiyadan o‘tgan kimyo nazorati laboratoriyasida tahlildan o‘tkazilgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, AYoQShlarda sotilayotgan avtobenzin va dizel yonilg‘isi sifat ko‘rsatkichlari amaldagi me'yoriy hujjatlar bilan belgilab berilgan ko‘rsatkichlardan farq qilishi, ya'ni sifat ko‘rsatkichlari talabga javob bermasligi aniqlangani aytiladi.
“O‘zbekneftgaz” aniqlangan sifatsiz avtobenzin va dizel yonilg‘isi mahsulotlari import asosida olib kelinayotgan neft mahsulotlari jumlasiga kirganini, ma'lumot tariqasida mutasaddi tashkilotlar va iste'molchilar e'tiboriga havola qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi”, deyiladi shirkat axborotida.
Ma'lumot so‘ngida ta'kidlanishicha, avtobenzin va dizel yonilg‘isi sifat ko‘rsatkichlarining talab darajasida bo‘lmasligi avtotransport vositalari va qishloq xo‘jaligi texnika vositalari holatiga, atrof-muhitga salbiy ta'sirni oshiradi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Killerlarga hukm, gullayotgan korrupsiya va kayfiyati tushayotgan biznes - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Tramp o‘zini Maskdan «ajratishga» urinishlar haqida gapirdi
Jahon | 22:06
-
Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi
Jamiyat | 21:33
-
Ukraina bo‘yicha hech qanday qaror Ukrainasiz qabul qilinmaydi - Zelenskiy Myunxenda nutq so‘zladi
Jahon | 20:07
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/zDevkS8wLDNjYAMDn1cW5aiP15hVGBVr_medium.jpg)
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/9XgL_wjNC17wNFyelZ01Ql3CxakOvRkn_medium.jpg)
18:56 / 03.02.2025
2024 yilda O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamaydi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/s5uxeO3uBgiF4MDa07SXf8JaOBVlS-cn_medium.jpg)
17:26 / 29.01.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi eksportini taqiqladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/lJl1k41ksMMkkOzOufjvToHMKfLIdIsg_medium.jpg)
19:13 / 21.01.2025