Rossiya avtomobil benzini va dizel yoqilğisi eksportiga qöyilgan vaqtinçalik taqiqni 2026 yilning 28 fevraligaça uzaytirdi. Bu qaror «içki yoqilği bozorida barqaror vaziyatni saqlab qoliş» bilan izohlangan.

Mamlakatdan benzin olib çiqiş barça eksportçilar, şu jumladan, bevosita işlab çiqaruvçilar uçun ham amal qiladi. Dizel yoqilğisi böyiça çeklovlar esa neft mahsulotlarini bevosita işlab çiqaruvçilarga nisbatan qöllanmaydi.

Eksport taqiqi 28 dekabrdan boşlab kuçga kirdi. Bunda benzin eksportiga qöyilgan vaqtinçalik çeklov xalqaro hukumatlararo bitimlar doirasida amalga oşiriladigan yetkazib berişlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak 2025 yil 25 dekabr kuni Rossiyada neft mahsulotlari bozori hozirda muvozanatlaşganini, avval işlatilgan zaxiralar esa bir yil avvalgidan ham yuqori darajagaça tiklanganini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlaşiça, avgust–sentabr oylaridagi talab yuqori bölgan davrda bozor «qölda boşqariş» usulida tartibga solingan.

Uruş fonida Rossiyaning benzin eksportiga taqiq kiritişi

Rossiyada benzin eksportiga taqiq – Ukraina bilan uruşda bir qator neftni qayta işlaş zavodlari hujumga uçraşi ortidan 2024 yil fevral oyida kiritilgan. Bunda YeOII mamlakatlari, Özbekiston va Möğulistonga xalqaro şartnomalar böyiça yetkazib beriş istisno etib belgilangan.

Dastlab taqiq 2024 yil 1 martdan 31 avgustgaça amal qilişi közda tutilgandi, lekin dronlar hujumiga uçragan NQZlar yana töliq quvvatda işlay boşlagaç, içki bozordagi töyiniş ortidan may oyiga kelib taqiq yeçilgandi.

Avgust oyiga borib RF hukumati benzin eksportini yana töxtatdi va taqiq 2025 yil 28 fevralgaça amal qilişi belgilandi. Keyinçalik bu muddat 2025 yil 31 avgustgaça uzaytirildi. Çeklov bungaça treyderlar va neft bazalariga taalluqli bölgan bölsa, endi neft mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga nisbatan ham tatbiq etila boşladi. Sentyabr oyi oxirida çeklovlar 2025 yil oxirigaça uzaytirildi.

Avvalroq bir qator mintaqalarda işlab çiqarişning pasayişi va benzin taqçilligi fonida Rossiya hukumati içki yonilği bozorini qöllab-quvvatlaş uçun bir qator çora-tadbirlarni tayyorlayotgani