Jahon | 10:04 / 30.08.2016
3320
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada hukm surayotgan jazirama tufayli 3 mingga yaqin kishi shifoxonaga yotqizilgan

Yaponiya o‘t o‘chirish Bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 22-28 avgust kunlari mamlakatda hukm surgan jazirama ob-havo sharoiti tufayli 3 mingga yaqin inson tibbiy muassasalarga yotqizilgan. 

Qayd etilishicha, issiq urganlarning umumiy soni 2821 nafarni tashkil etgan, ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bir hafta muqaddam, shunday tashxis bilan 5668 kishi shifoxonaga tushgani xabar qilingandi. 

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada iyun oyi o‘rtalaridan beri jazirama hukmronlik qilmoqda. Yomg‘ir mavsumining yakunlanganiga qaramay, Tokioda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatilayapti. Bu paytda shahardagi jazirama yuqori namgarchilik bilan uyg‘unlashib dim havoni hosil qiladi. 

Iyul va avgust oylarining o‘zida 30 mingdan ortiq kishi shifoxonaga yotqizilgan. O‘tgan yili Yaponiyada jaziramadan 100dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan, 53 ming kishi shifoxonaga yotqizilgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid