Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda futbol o‘yinlariga chipta sotishda xaridorlar identifikatsiyadan o‘tkaziladi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan boshlab futbol o‘yinlariga chipta sotib olmoqchi bo‘lganlar shaxsni identifikatsiyalashdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Bu – muhim o‘yinlardagi chipta bilan bog‘liq mashmashalarni kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilishda shaxslarni identifikatsiyalash va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro‘yxatga olish tizimini joriy etiladi.
Bu vazifa 21 avgust kuni imzolangan “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarorida belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan boshlab, futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish – shaxsni identifikatsiyalash hamda matritsali shtrix-kod (QR-kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

2025 yil dekabr oyi oxirigacha axborot tizimining texnik hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
Axborot tizimini ishlab chiqish va zarur resurslar bilan integratsiya qilish 2026 yil fevralga reja qilingan.
Topshiriq ijrochilari – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Mavzuga oid
17:58 / 23.12.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
17:43 / 19.12.2025
Centrum Air bir o‘ringa 2 ta chipta sotishi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketdi
21:08 / 17.12.2025
FIFA O‘zbekiston milliy jamoasiga kamida 10,5 mln dollar to‘laydi
18:50 / 12.12.2025