Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mobil dasturlar jahon sanoati hajmi 6,3 trln dollargacha yetadi
Foto: TACC
Mobil dasturlar jahon sanoati hajmi 2021 yilda 6,3 trln dollargacha yetadi. Bu haqda App Annie tahliliy agentligi tadqiqotida aytilgan.
Foydalanuvchilar bazasi deyarli ikki barobarga – 2016 yilgi 3,4 mlrd.dan 2021 yilda 6,3 mlrd.gacha oshadi. Dasturlarda ishlashga sarflangan vaqt esa bu davr ichida 1,6 trln soatdan 3,5 trln soatgacha oshadi.
App Annie mutaxassislari 2021 yilda dasturlarni yaratishga jahon bo‘yicha xarajatlar 139 mlrd dollardan oshishini, jumladan, o‘yin dasturlariga xarajatlar 105 mlrd dollarni, qolgan dasturlarga xarajatlar esa 34 mlrd dollarni tashkil qilishini taxmin qilishmoqda.
Mobil dasturlar yaratuvchilari foydalanuvchilarga sarflaydigan xarajatlarni yiliga kishi boshiga 379 dollardan 1008 dollargacha oshirishadi. Bunga esa jismoniy operatsiyalarning mobil operatsiyalarga o‘tishi sabab bo‘ladi, deyilgan tadqiqotda.
Mavzuga oid
22:09 / 30.04.2019
Olimlar necha yildan so‘ng Facebook’dagi marhum foydalanuvchilar soni tirik foydalanuvchilardan ko‘proq bo‘lishini aniqlashdi
21:22 / 14.03.2019
Telegram’ning foydalanuvchilari soni bir kun ichida odatdagidan 10 barobarga ko‘paydi
16:31 / 21.06.2018
Instagram foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi
01:20 / 27.03.2018