Facebook bilan boğliq mojarodan keyin ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt egalari unga işonmay qöydilar va uni demokratik jamiyatga tahdid deb hisoblamoqdalar. Bundan Reuters axborot agentligi va Bild naşri çop etgan jamoatçilik fikri sörovnomalari natijalari darak bermoqda.
19 mart kuni CNN telekanali Facebook’ning 50 mln foydalanuvçisi haqidagi ma'lumotlar ijtimoiy tarmoq bilan hamkorlik qiluvçi Cambridge Analytica kompaniyasi orqali çiqib ketganini ma'lum qilgan. Cambridge Analytica thisisyourdigitallife dasturi yordamida foydalanuvçilar haqida ma'lumotlarni yiğib, söngra ularni boşqa taşkilotlar, jumladan siyosiy ştablarga sotgan.
Reuters/Ipsos ötkazgan sörovnoma natijalariga köra, 41 foiz amerikaliklar Facebook’ga ma'lumotlarni işlaşida töliq işonç bildiradilar. Qolganlar esa kompaniya şaxsiy ma'lumotni himoyalaş qonunlarining barça talablarini bajarişiga şubha bildirişgan.
Bu körsatkiçlar axborot texnologiyalari gigantlariga foydalanuvçilar bildirgan işonç reytingida eng pasti hisoblanadi.
Bild çop etgan sörovnomalar natijalari esa kompaniya öz obrösini ança yöqotganini körsatmoqda. Ma'lumotlarga köra, 60 foiz respondentlar ijtimoiy tarmoqlarlar demokratiyaga salbiy ta'sir körsatgan, deb hisoblaydilar.
Mutaxassislarning fikriça, foydalanuvçilar Facebook’ni ommaviy ravişda tark etişlari haqida gapirişga hali erta. “Facebook kabi ijtimoiy tarmoqdan voz keçiş ruhan qiyin, çunki u odamlar hayotiga singib ketgan”, deb izoh bergan vaziyatga internet-tahlilçi Debora Uilyamson. Uning fikriça, işonçning yöqolişi auditoriyaning servisdan töliq voz keçişini anglatmaydi.
Ötgan hafta deletefacebook nomli fleşmob yölga qöyilgandi: foydalanuvçilar öz ma'lumotlari xavfsizligidan xavotirlanib, Facebook’dagi profillarii öçirib taşlaganlar. Uşbu harakatni Tesla rahbari Ilon Mask ham qöllab-quvvatlagan.
Mojaro sababli kompaniya aksiyalari narxi 14 foizga tuşib ketdi.

















