Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDT Fatvo hay’ati Ramazon oyi 19 fevral kuni boshlanishini belgiladi
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining Fatvo hay’ati Samarqandda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2026 yil Ramazon oyi boshlanishi va Ramazon hayiti kunlarini belgiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hay’at 2026 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, payshanba kuniga, Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuniga to‘g‘ri kelishini aniqladi.
Qayd qilinishicha, Ramazon oyining birinchi kuni va Ramazon hayiti haqida qabul qilingan ushbu qo‘shma qaror turkiy davlatlarning o‘z musulmon jamoalari birligini mustahkamlash va diniy amaliyotlarni zamonaviy ilmiy kashfiyotlar bilan uyg‘unlikda saqlashga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi.
2026 yil 2-4 fevral kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashi huzuridagi Fatvo hay’atining maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarligida tashkil etilib, tashkilotga a’zo mamlakatlar diniy idoralari vakillari va islom ulamolari ishtirokida o‘tkazildi.
Ushbu Fatvo hay’atiga TDT a’zo mamlakatlar va rasmiy musulmon diniy idoralari faoliyat yuritayotgan kuzatuvchi davlatlar muftiyatlari vakillari kiradi. Xususan, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar: Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va TDT kuzatuvchi davlatlari Turkmaniston va Vengriya.
Mavzuga oid
12:35 / 16.03.2026
16 mart kuni O‘zbekistondagi 1765 ta masjidda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
17:10 / 04.03.2026
“Faqat Ramazonda ishlaydi” - Yovqochar bozoridan reportaj
09:08 / 24.02.2026