Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga ikki bosqichda qabul amalga oshiriladi
Foto: KUN.UZ
Mazkur o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat OTMlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish 2 bosqichda amalga oshiriladi. Bunda, birinchi bosqichda davlat OTM tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihoni, ikkinchi bosqichda DTM tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi. Bu haqda DTM Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Mamaradjabov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Magistraturaga o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.
Abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma'lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida (my.dtm.uz) e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.08.2024
Magistratura bo‘yicha mandat 20 avgustgacha e’lon qilinishi kutilyapti
15:31 / 05.04.2024
Magistratura bosqichiga chet tili sertifikati talabi qo‘yilgani sabab OTMlar moliyaviy zarar ko‘rgan – hisobot
18:26 / 29.08.2023
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi
13:38 / 22.07.2023