Magistraturaga qabulda vazirlik tasdiqlamagan ayrim xalqaro til sertifikatlari ham qabul qilinadigan bo‘ldi
Magistraturaga hujjat topshirishda 2023 yilning 31 martigacha olingan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari ham qabul qilinadi. Bu sertifikatlar vazirlik buyrug‘iga ko‘ra, oldinroq ro‘yxatdan chiqarib tashlangan edi. Lekin buyruq kech e’lon qilingani uchun ayrim xalqaro sertifikatlar ham istisno tariqasida bu yil uchun inobatga olinadi.

Foto: KUN.UZ
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga hujjat topshirishda turk tili bo‘yicha ayrim sertifikatlarning qabul qilinmayotgani borasida murojaatlar ko‘paygan. Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, vazirlikning 2023 yil 23 martdagi 65-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatda aks ettirilmagan, ammo 2022 yil 30 iyundagi 220-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi 2023 yil 31 martgacha olingan hamda muddati o‘tmagan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar 2023/2024 o‘quv yili qabulida magistratura mutaxassisliklarida inobatga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlikning mart oyidagi buyrug‘i bilan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER kabi xalqaro sertifikatlar magistratura uchun qabul qilinmaydigan bo‘lgandi. Bu esa ko‘p noroziliklarga sabab bo‘lgan. Chunki vazirlik buyruqni 23 martda chiqarib, ommaga 31 martda e’lon qilgan. Natijada, shu vaqt ichida pul sarflab, tayyorlanib, sertifikat olganlarning mehnati kuyib ketishi mumkin edi.
Bundan tashqari, vazirlik munosabatida ayrim talabalar sertifikati nega qabul qilinmayotganiga ham izoh bergan. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun magistr.edu.uz platformasi orqali kiritilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar tegishli rasmiy saytlar orqali tekshirilgan. Natijada, talabalar turk tilini bilishni tasdiqlovchi sifatida taqdim etgan ayrim hujjatlari ayrim o‘quv markazlari tomonidan berilgan til kursi sertifikatlari ekani aniqlangan. Va belgilangan talabga javob bermagan arizalar rad etilgan.
Ma’lumot uchun, abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan TYS (Türkçe Yeterlik Sınavı) sertifikati http://belgesorgula.yee.org.tr/ platformasi orqali tekshiriladi. Tekshiruv natijasida tasdiqlanmagan sertifikatlar inobatga olinmaydi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NATO bosh kotibi Odessada: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etadi
Jahon | 08:40
-
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
Jamiyat | 08:26
-
AQSh: Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilmaguncha, Rossiya bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaydi
Jahon | 08:02
-
Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi
Jamiyat | 07:40
Mavzuga oid

10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

18:38 / 13.08.2024
Magistratura bo‘yicha mandat 20 avgustgacha e’lon qilinishi kutilyapti

14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi

11:00 / 01.08.2024