O‘zbekiston | 21:45 / 20.04.2026
2866
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 21-22 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Davlat rahbari Ostona shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun 21-22 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Bo‘lajak tadbirlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning dolzarb ekologik, iqlim va suv muammolarini hal etish masalalari muhokama qilinadi.

Prezident ushbu masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi, milliy pavilonlardan iborat maxsus ekologik ko‘rgazmaga tashrif buyuradi.

Sammitlar yakunida qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid