Telegramdagi “Muttaham bankirlar” kanali litsenziyalari çaqirib olingan “Turkistonbank” va “Hi-tech bank”ning litsenziyasi qaytarib berilişi haqida yozdi.
Kun.uz bu borada Markaziy bankdan izoh söradi, regulyator “örganiş ötkazilayotganini” aytdi.
Kun.uz manbasi bu xabarning töğriligini tasdiqladi.
2022 yilning oktabr oyida Markaziy bankning tegişli qarori bilan “Turkistonbank” va “Hi-tech bank”dan bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyalar olib qöyilib, banklarni tugatiş töğrisida komissiya tayinlagandi.
Ikkala bank tomonidan “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi qonunning 54- va 77-moddalarida belgilangan qoidabuzarliklar sodir etilgan va litsenziyasi olib qöyilişiga quyidagi sabablar keltirilgan:
- bank aktivlari böyiça ehtimoliy yöqotişlarga qarşi yetarliça zaxira mavjud emasligi;
- regulyativ kapitalining ellik foizidan ortiq miqdorda zarar körgani;
- bank xizmatlari iste’molçilari huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgani;
- buxgalteriya hisobining hisobotga oid ma’lumotlar buzilişiga olib keladigan va bankning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettiriş imkonini bermaydigan qoidabuzarliklar bilan yuritilgani;
- bank faoliyatidagi qöpol qoidabuzarliklarni bartaraf etiş töğrisidagi Markaziy bank körsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmagani;
- jiddiy qoidabuzarlik uçun Markaziy bank tomonidan jarima qöllanganidan keyin xuddi şunday qoidabuzarlik takroran sodir etilgani sababli “Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Markaziy bank boşqaruvi uşbu qarorni qabul qilgan.
Şundan söng, 27 oktyabrdagi matbuot anjumanida regulyator rahbari “Turkistonbank"da aholining 368 mlrd atrofida, “Hi-tech bank"da esa taxminan 5 mlrd söm mablağlari borligini ma’lum qildi.
U mazkur banklar omonatçilarining mablağlari yopilgan kungaça hisoblangan foizlari bilan 100% qaytarilişini qöşimça qilgandi.

















