Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 17 martdagi qarori bilan “Hi-tech bank” bankrot deb topildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
“2023 yil 17 martdagi Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining “Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topiş töğrisidagi hal qiluv qarori va Markaziy bank Boşqaruvining tegişli qaroriga asosan “Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini tugatiş komissiyasi vakolati tugatilgani hamda sud tomonidan M.Gizatulin tugatiş boşqaruvçisi etib tayinlangani ma’lum qilinadi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uçun, 2022 yilning oktabr oyida Markaziy bankning tegişli qarori bilan “Turkistonbank” va “Hi-tech bank”dan bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyalar olib qöyilgandi va banklarni tugatiş komissiyasi tarkibi tayinlangandi. Ikkala bank tomonidan “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi qonunning 54- va 77-moddalarida belgilangan qoidabuzarliklar sodir etilgani bunga sabab sifatida keltirilgan.
Lisenziyalari bekor qilingaç “Turkistonbank”ning 368 mlrd söm atrofida, “Hi-tech bank”ning esa taxminan 5 mlrd söm aholidan qarzdorligi davlat hisobidan qaytarilgan.

















