Jamiyat | 17:03 / 18.03.2017
58726
2 daqiqa o‘qiladi

Kimlar yosh oila hisoblanadi?

Foto: UzA

Tabiiyki, ko‘pchilikni kimlar yosh oila ekani haqidagi savol qiziqtiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007 yil 18 maydagi PF-3878-sonli farmoniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi farmonda ayni masalaga oydinlik kiritilgan. 

Yosh oilalar — "Kamolot"ning ko‘p kvartirali uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq "Kamolot"ning ko‘p kvartirali uylaridan ipoteka krediti asosida kvartiralarni sotib olish uchun hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza berilgan paytda er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak yoki ayol.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid