Yaqinda ötkazilgan tadqiqotlardan birida ma’lum böldiki, yoş oilalar topayotgan daromadining asosiy qismini qarz tölaşga sarflaydi. Tadqiqotni Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ötkazgan.
Unga köra, Özbekistonda aholi örtasida ötkazilgan sörov (450 kişi) natijalariga köra, yoş oilalar (oila boquvçisi yoşi örtaça 38 yoş) boşqa oilalarga nisbatan (oila boquvçisi yoşi örtaça 49 yoş) daromadining köproq qismini qarz tölaşga sarflayotganini ma’lum qilgan.
Bunda, respondentlarning 18 foizi maişiy texnika, 22 foizi uy-joy, 13 foizi avtomobil, 10 foizi öqiş şartnoma tölovi, 11 foizi telefon uçun qarz olgan. Qolgan 34 foiz respondentlar qarzi yöqligini bildirgan. Şundan, 18 foiz respondentlarda öz jamğarmalari mavjud.
Yoş oilalar nega qarzdor?
Uşbu ma’lumot asosida Facebook ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari bölgan yoş oilalar fikrlari bilan qiziqib kördik.
“Çunki yoşlarning talabi köp. Kattalar esa boriga sabrli. Masalan, kattalar işga jamoat transportida qatnaşi, örtaça hajmli muzlatkiç işlatişi mumkin. Yoşlar esa öz maşinasi, avtomat kir maşinasi, katta hajmli muzlatkiçi bölişini xohlaşadi”.
“Köp xarajatlar dori-darmon uçun qilinadi”.
“Maoş va ehtiyojlar nomutanosibligi sabab ham qarzdorlik kelib çiqadi”.
“Yoşlar dabdabani köproq yaxşi köradi”.
“Balki, pulni yaxşi boşqara olmaslikdandir. Yillar ötgani sari bu tomonlama tajriba ortib borsa kerak”.
“Bizda farzandlar erkin qöyilmaydi. Töydan keyin esa ham erkinlik, ham oilani hazm qiliş qiyinlaşadi. Yolğiz özining moliyaviy ahvolini töla anglab ulgurmagan yoş endi töla oilani boşqarişi kerak böladi”.
Fikr bildirganlar yoşlar orasida muddatli tölov asosida xaridni amalga oşirganlar ham bor. Ularning fikriça, agar muddatli tölovdan foydalanilmasa, kerakli narsaga erişgunça yillar ötib ketişi mumkin.













