Hukumat qarori bilan, uy-joy sotib oliş uçun subsidiya ajratiş tartibi soddalaştirilmoqda.
Subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlaydigan komissiya tarkibi qisqartirildi. Komissiyadan Yoşlar işlari agentligining tuman (şahar) bölimi boşliği va tuman (şaxar) aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori çiqarildi.
Cubsidiya oliş uçun arizani aholi bandligiga kömaklaşiş markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boşqarmalari, Yoşlar işlari agentligining tuman (şahar) bölimlari va tuman (şahar) hokimligi tomonidan körib çiqiş (baholaş) tartibi bekor qilinadi. Bunda mazkur taşkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda şakllantiriladi.
Şuningdek, quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan ayrim şaxslar toifasiga kiritiladi:
- yoş oilalar, şu jumladan, 30 yoşdan oşmagan fuqarolar;
- olis va çekka hududlarda joylaşgan budjet taşkilotlariga boşqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari.
Şu bilan birga, ipoteka krediti ajratişda qarz oluvçilarga qarz yukining eng yuqori çegarasi hamda subsidiya oliş uçun bir kalendar yilda ikki marta ariza beriş böyiça belgilangan çeklovlar bekor qilinmoqda.
2022 yil dasturi doirasida subsidiya ajratiş töğrisida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti tölov layoqati va boşqa şaxslarni jalb qiliş huquqidan kelib çiqib, tegişli hudud uçun belgilangan ipoteka kreditining eng köp miqdorigaça ajratiladi.
Avvalroq, “korobka” uylar uçun subsidiya ajratişga ruxsat berilgandi.
Şuningdek, 2023 yil 1 yanvardan uy-joy uçun subsidiya berilgan fuqarolar ipoteka kreditlari va ularning foizlari uçun yönaltirilgan iş haqi va boşqa daromadlari daromad soliğiga tortilmaydi.













