Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan yoş oilalarni uy-joy bilan ta'minlaşni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilişiça:

Prezidentning «Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida» 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son farmoniga muvofiq yoş oilalar, xususan, imkoniyati çeklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlarni ma'naviy va moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, ular uçun munosib uy-joy va ijtimoiy-maişiy şaroitlarini yaratişga qaratilgan maqsadli işlarni taşkil etiş belgilangan;

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari va topşiriqlari bilan 2018 — 2020 yillar davomida mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan yoş oilalarni uy-joy bilan ta'minlaş maqsadida 2 116 ta uy-joylardan:

350 tasi foydalanişga topşirilgan;

296 tasi yoşlar tomonidan rad etilgan va 556 tasining qurilişi boşlanmagan;

2019 yilda 558 ta va 2020 yilda 356 ta uy-joylar qurilib, foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi tomonidan uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan yoş oila sifatida hisobga qöyilgan va tavsiyanoma berilgan yoş oilalar uçun 2019-2020 yillarda qurilgan yoşlar uylari röyxati tasdiqlandi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi tomonidan uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan yoş oila sifatida hisobga qöyilgan va tavsiyanoma berilgan yoş oilalar uçun 2019-2020 yillarda qurilgan yoşlar uylari
RÖYXATI

Qarorga köra, yoş oilalarga uy-joy ajratiş şartlari 2020 yil va keyingi yillar uçun quyidagiça belgilandi:

yoş oilalarga uy-joylar şaharlarda va qişloq joylarida 1 yillik imtiyozli davr bilan (ilgari 3 yil edi) hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat'iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasi darajasigaça bir me'yorda oşib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalaştiriş stavkasida 20 yil muddatga beriladi (ilgari qişloq joylaridagi uy-joylar uçun bu muddat 15 yil edi).