Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yosh Barak Obama haqidagi yangi film premerasi bugun bo‘lib o‘tadi
AQShning amaldagi prezidenti Barak Obamaning yoshligiga bag‘ishlangan “Barri” telefilmining bir parchasi chop etildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda. Kartina premerasi bugun, 16 dekabr kuni Netflix servisida bo‘lib o‘tadi.
Film rejissyori – Vikram Gandi. Unda bosh rolni Devon Terrell ijro etgan. Aktyor rolga tayyorlanish jarayonida bir hafta davomida xuddi Obamadek yurib, gaplashishni mashq qildi. Shuningdek, artist chapaqay insonlardek basketbol o‘ynashni ham o‘rganib olgan.
Voqea 80-yillarni o‘zida aks ettiradi. O‘shanda Obama Nyu-Yorkda yashab, hayotda o‘z o‘rnini topishga harakat qilib yurgan. Film ijodkorlari davlat rahbari xotira kitoblari va o‘qish davrida bo‘lajak prezidentni bilganlar bilan bo‘lgan intervyulardan foydalanishdi.
“Barri” — yosh Obama haqidagi yagona film emas. Rejissyor va ssenariy muallifi Richard Tanning “Southside With You” kartinasi AQSh prezidenti Baraka Obama va uning rafiqasi Mishel Obamaning muhabbat tarixidan hikoya qiladi.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026