AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yolğonçilikda ayblangani haqidagi maqolani repost qildi.
New York Post gazetasi maqolasida Vladimir Putin va Rossiyaning harakatlarini keskin tanqid qilingan. Jumladan, Rossiya tinçlik muzokaralarini buziş uçun Putin qarorgohiga «dron hujumi» voqeasini öylab topgani, Putin Ukrainada tinçlikka erişiş yölida töğanoq bölib turgani, Moskva tajovuzni davom ettirayotgani va boşqa avtoritar rejimlarni (masalan, Eronni) qöllab-quvvatlayotgani ta’kidlangan va Rossiyaga nisbatan xalqaro bosimni kuçaytirişga çaqirilgan.

NYP maqolasida aytilişiça, «dron hujumi, ehtimol, heç qaçon bölmagan. Zelenskiy buni qat’iyan rad etdi. Peskov rossiyaliklar heç qanday dalil keltira olmasligini aytdi va matbuotni «şunçaki bunga işonişga» çaqirdi. «Yöq, bunday qilmaymiz», deb yozdi naşr.
Avvalroq, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainani «Putinning qarorgohiga dron orqali hujum qilganlikda»da aybladi. Zelenskiy «bu navbatdagi yolğon va Kiyevga zarbalar beriş uçun bahona» ekanini ma’lum qildi. Putin «bunday hujum» haqida Trampni xabardor qilgani ma’lum böldi. Amerika prezidenti esa «bu yomon ekani va hozir buning mavridi emasligi»ni bildirgan edi.
New York Post gazetasi köp yillar davomida Trampga nisbatan xayrixohlik qilib keladi. Kuzatuvçilarning fikriga köra, AQŞ prezidenti öz şarhini emas, balki repostni tanlagani siyosatçiga öz fikrini ommaga tarqatiş, ammo manyovr uçun böşliqni saqlab qolgan holda pozitsiyani belgilaş imkonini beradi.
















