Energetika vazirligi joriy yilning 16 iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiya gazini Özbekistonga yetkazib beriş böyiça şartnoma hamda respublikamiz gaz-transport tizimini uşbu gazni qabul qilişga tayyorlaş böyiça “yöl xaritasi”ga izoh berdi.

Vazirlik xabariga köra, gaz oldi-sotdisi böyiça şartnoma “UzGasTrade” AJ va “Gazprom eksport” MÇJ örtasida 2 yil muddatga tuzilgan bölib, uni işonçnoma asosida Özbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudov va “Gazprom” OAJ boşqaruvi raisi A.Miller imzolagan.

Vazirlik şartnoma töliq tijoriy şartlarda işlab çiqilganini ta’kidlamoqda.

“Respublikamiz iste’molçilarining tabiiy gazga bölgan yildan yilga oşib borayotgan ehtiyojini qisman qondiriş hamda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişga qaratilgan çora-tadbirlardan biridir. Şartnoma doirasida joriy yilning 1 oktyabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qiliş boşlanişi möljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni taşkil etadi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Qöşimça qilinişiça, tabiiy gaz narxi mintaqadagi bozor narxlari asosida, şuningdek, respublikadagi amaldagi narxlar hamda ularni bozor tamoyillari asosida şakllantiriş böyiça amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan islohotlardan kelib çiqib, kelişilgan.

“Yöl xaritasi”ga muvofiq, avval tabiiy gaz “Örta Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuri orqali Qozoğistondan tranzit bilan Rossiyaga yuborilganligi va endilikda gazning revers rejimida (teskari oqimda) Özbekistonga yetkazilişini, şuningdek, respublikamiz hududida yangi gaz ölçaş stansiyasi qurilişini hisobga olgan holda, belgilangan tadbirlarni joriy yilning sentabr oyiga qadar yakunlaş rejalaştirilgan”, - deyiladi xabarda.

“Yöl xaritasi” doirasida respublika gaz-transport tizimidagi 3 ta gaz haydaş uskunasi yangilariga almaştiriladi va 11 ta turli rusumdagi gaz haydaş uskunasida mukammal ta’mirlaş hamda tiklaş işlari bajariladi. 22 kilometrlik yangi magistral gaz quvurlari quriladi va 56 kilometrlik gaz quvurlari ta’mirlanadi.

Rossiya bilan gaz böyiça yöl xaritasi

2023 yil yanvar oyida Özbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” örtasida gaz sohasidagi hamkorlik böyiça “Yöl xaritasi” imzolangan edi. Kelişuvda joriy yil mart oyidan boşlab “Örta Osiyo – Markaz” quvuri orqali reversiv tartibda Rossiyadan Özbekistonga bozor narxida gaz yetkazib berişni boşlaş uçun zarur texnik çoralar közda tutilgan edi, lekin muhokamalar ayni paytga qadar davom etmoqda.