Bugun Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Özbekistonga yetkazib beriş böyiça şartnoma va respublika gaz uzatiş tizimini Rossiya gazini qabul qilişga tayyorlaş böyiça «Yöl xaritasi» imzolandi.
Hujjatlarni Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev iştirokida Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov hamda «Gazprom» OAJ boşqaruvi raisi Aleksey Miller imzoladi.
Rossiya gazini Özbekistonga Qozoğiston hududi orqali eksport qiliş 2023 yilning törtinçi çoragidan boşlanadi.
2023 yil yanvar oyida Özbekiston Energetika vazirligi va «Gazprom» örtasida gaz sohasidagi hamkorlik böyiça «Yöl xaritasi» imzolangan edi. Kelişuvda joriy yil mart oyidan boşlab «Örta Osiyo – Markaz» quvuri orqali reversiv tartibda Rossiyadan Özbekistonga bozor narxida gaz yetkazib berişni boşlaş uçun zarur texnik çoralar közda tutilgan edi.
Rossiya kompaniyasi şunga öxşaş şartnomani deyarli bir vaqtda Qozoğiston bilan ham imzolagan.













