227-1-modda bo‘yicha qo‘llangan jarimalar summasining 98 foizi hisobdan chiqariladi
Prezident farmoni bilan, Soliq kodeksining 227-1-moddasi bo‘yicha qo‘llanadigan jarima miqdori kamaytirildi. Birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima belgilanmoqda.
O‘tgan oylar mobaynida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Soliq kodeksining 227-1-moddasi bo‘yicha jarima miqdori 98 foizga pasaytirildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.
Ilgari bu modda bo‘yicha fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo‘lar edi.
Kiritilgan o‘zgarishlar bilan, bu huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bu – prezidentning 38-sonli farmonida nazarda tutilgan. Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227-1-modda) uchun qo‘llangan moliyaviy jarimalar bo‘yicha mavjud qarzdorlikning foizi hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Undirilgan jarima summalarining foizi kelgusi to‘lovlar hisobiga tadbirkorlik sub’yektlariga qaytariladi.
227-1-modda haqida
2023 yil mart oyida Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilib, 227-1-moddasi qo‘shilgan edi. Unga ko‘ra, tadbirkor markirovka qoidalarini buzsa, maxsus hisoblash dasturlarini soliq organi bazasiga integratsiya qilmasa, bir chorakdagi (3 oy) sof tushumining 100 foizi miqdorida jarimaga tortiladi. Bu jarimaning yuqoriligi tadbirkorlarning e’tirozlariga sabab bo‘lib kelyapti.
2023 yil oxirida Prezident huzuridagi kengash markirovkalash bo‘yicha jarimani kamaytirishni so‘radi. Kengashning bu muammo yuzasidan davlat rahbariga murojaat etishga qaror qilishi ortidan Soliq qo‘mitasi rahbarlari tadbirkorlar bilan muloqot qila boshladi. Savdo-sanoat palatasi 400 mlrd so‘mlik jarimalarni hisobdan chiqarish va belgilangan sanksiyani yengillashtirishni taklif etdi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan qo‘llangan jarimalar miqdori jami trillion so‘mdan oshib ketgani haqida yozgandi.
2024 yil fevral oyida Toshkent shahar ma’muriy sudi 227-1-modda bo‘yicha soliq organlari qarori ustidan shikoyat qilgan tadbirkorning foydasiga hal qiluv qarorini chiqardi.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024
Jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi
20:38 / 14.09.2024