2023 yil mart oyida Soliq kodeksiga özgartirişlar kiritilib, 227 prim 1-moddasi qöşilgan edi. Unga köra, tadbirkor markirovka qoidalarini buzsa, maxsus hisoblaş dasturlarini soliq organi bazasiga integratsiya qilmasa, bir çorakdagi (3 oy) sof tuşum miqdorida jarimaga tortiladi. Bu jarimaning yuqoriligi tadbirkorlarning e’tirozlariga sabab bölib kelyapti.

Kun.uz soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonovdan olgan ma’lumotga köra, kuni keça Toşkent şahar ma’muriy sudi 227-1-modda böyiça tadbirkor foydasiga hal qiluv qarorini çiqargan.

“Bu keysda Soliq kodeksining 227-1 moddasi böyiça tadbirkorga 100 mln söm jarima qöllangan edi. Bizning holatimizda korxona R_keeper dasturidan foydalangan, lekin xaridorga çek bermagan. Şu sababdan 5 mln söm jarima va 227-1-modda böyiça R_keeper dasturi integratsiya qilinmagan degan masala bilan ötgan çorakdagi 3 oylik tuşumi miqdorida jarima qöllangan, bu jarima jami 100 mln sömni taşkil qiladi. Biz sudda soliq organi tomonidan 227-1-modda notöğri talqin qilinayotganini körsatib berdik”, – deydi soliq maslahatçisi.

Coliq organining pozitsiyasiga köra, bu holatda tadbirkor fiskal belgilarni aks ettiriş yoxud avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalari bilan jihozlaş yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişini ta’minlaş böyiça qonunçilikda belgilangan tartibni buzgan.

“Bunday holatlar, asosan, umumiy ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi korxonalar bilan kuzatilyapti. Ular, asosan özining faoliyatida R_keeper, Jovi, Arka degan programmalardan foydalanadi. Şu programmalarni tadbirkor soliq organlariga integratsiya qilişi kerak edi, lekin qilmagan deb jarima qöllaşyapti”, – deydi Murod Muhammadjonov.

Mutaxassisning aytişiça, soliq organlari 277-1-moddani notöğri talqin qilayotgani sudda quyidagi huquqiy asoslar bilan isbotlab berilgan.

Soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov

Vazirlar Mahkamasining 23.11.2019 yildagi 943-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oşirişda onlayn nazorat-kassa maşinalari va virtual kassa tizimini qöllaş tartibi töğrisida”gi nizomning 4-bandi, ikkinçi xatboşiga köra, çakana savdo va umumiy ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalarining (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravişda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişi va davlat reyestriga kiritişi lozim ekani körsatib ötilgan.