O‘zbekiston | 21:02 / 29.12.2025
10565
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5 yanvarda bank kartalariga yuklanadi

Pensiya jamg‘armasi yanvar oyi pensiya to‘lovlari muddati haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

31 dekabr – 4 yanvar dam olish kunlari sifatida belgilangani bois, pensiya to‘lovlari 5 yanvar kuni bank kartalariga yuklanadi, deb xabar berdi Pensiya jamg‘armasi.

«2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun bilan Pensiya jamg‘armasining 2026 yil uchun harajatlari tasdiqlanganini inobatga olib, yanvar oyi plastik kartalari orqali oluvchi fuqarolarning pensiya to‘lovlari 5 yanvardan boshlab yuklanishini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, naqd shaklda pensiya oluvchilarga Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan 27 yanvargacha grafik asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali yoki fuqarolarning yashash manziliga yetkazib beriladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid