Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti Toshkent konferensiyasida bir daqiqalik sukut saqlashni taklif etdi
Foto: KUN.UZ
Toshkentning muhtasham Forumlar saroyida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Uning ochilish marosimida ma'ruza qilgan Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani nutqini o‘zbek tilida boshladi. U dastavval qo‘shni mamlakatda tinchlik o‘rnatish borasida tashabbus ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor qildi.
“Muhtaram Shavkat Mirziyoyev! Biz buyuk o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini qadrlaymiz. O‘zbekiston hukumati tomonidan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan xalqaro konferensiya tashkil etilgani munosabati bilan tashakkur bildiraman”, - dedi Ashraf G‘ani.
Shundan so‘ng, u nutqining asosiy qismiga o‘tishdan avval, Rossiyaning Kemerovo shahrida yuz bergan fojia munosabati bilan konferensiyada ishtirok etayotgan Rossiya delegatsiyasiga hamdardlik bildirdi hamda ushbu shaharda, shuningdek 21 mart kuni Afg‘oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan terrorchilik qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashni taklif etdi.
Mavzuga oid
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025