Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
29 dekabr kuni Balx viloyatining Hayraton shahrida O‘zbekiston rahbariyati nomidan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi gumanitar yordam topshirildi. Yuk tarkibi oziq-ovqat, dori-darmon va tibbiy uskunalardan iborat bo‘ldi.
Foto: TIV
29 dekabr kuni Balx viloyatining Hayraton shahrida O‘zbekiston rahbariyati nomidan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi gumanitar yordamni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Umumiy og‘irligi qariyb 390 tonnani tashkil etgan gumanitar yuk Termez Cargo Centre maydonchasida shakllantirilib, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda tibbiy uskunalardan iborat ekani ma’lum qilindi.
Gumanitar yuk tarkibi bilan tanishish jarayonida Balx viloyati hokimi M.Vafo Afg‘oniston xalqiga ko‘rsatilayotgan doimiy yordam uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mazkur ko‘mak O‘zbekiston rahbariyatining afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarining ifodasidir.

Qayd etilishicha, ushbu aksiya 2025 yil davomida Afg‘oniston xalqiga yo‘naltirilgan to‘rtinchi gumanitar yordam hisoblanadi.
Shuningdek, Balx viloyati hokimi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish borasida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratdi. Natijada so‘nggi yillarda afg‘on mahsulotlari eksporti hajmlari sezilarli oshgani, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va aholi farovonligi yaxshilanayotgani qayd etildi.
Mavzuga oid
18:21 / 30.03.2026
O‘zbekiston – Afg‘oniston ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi
09:00 / 26.03.2026
Amudaryoda qayiqda suzib o‘tgan narkokurer 10 kg gashish bilan ushlandi
13:25 / 25.03.2026
O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar rejali ravishda yoqilmoqda
11:28 / 24.03.2026