Pokistonda yaşayotgan va avvalgi Germaniya hukumati tomonidan GFRga kiriş va’da qilingan 2308 nafar afğondan deyarli har ikkinçisiga kiriş rad etilgan. Bu haqda Germaniya hukumatining Söl partiya deputatlarining parlament söroviga javobida aytiladi, deb xabar berdi 20 yanvar, seşanba kuni Neue Osnabrücker Zeitung gazetasi.
Naşr ma’lumotlariga köra, 2025 yil may oyida hozirgi federal hukumat iş boşlagandan keyin Germaniyaga 788 nafar afğon yetib kelgan, yana taxminan 410 kişi esa Pokistondan çiqib ketiş jarayonida.
XDI/XSI konservativ bloki va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP)dan iborat yangi hukumat hokimiyatga kelgaç, Afğonistondan keluvçilarni qabul qiliş dasturlarini töxtatgan. Xabar qilinişiça, sönggi haftalarda Pokistondan kiriş ruxsatiga ega bölgan bir neça yuz nafar afğon Germaniyaga uçib kelgan, ammo ular xavfsizlik tekşiruvidan ötişi kerak bölgan. Şu bilan birga, yuzlab afğonlarga, aksinça, kiriş butunlay rad etilgan.
Söl partiyaning qoçqinlar siyosati böyiça vakili Klara Byunger hukumat harakatlarini keskin tanqid qildi.
“Germaniyaga kiriş va’da qilingan va xavf ostida bölgan afğonlarning yarmini şunçaki taşlab qöyiş — mas’uliyatsizlik, nomaqbul va axloqan yöl qöyib bölmaydigan holat”, — dedi u Neue Osnabrücker Zeitung naşriga.
Byunger ta’kidlaşiça, bu afğonlar bir neça yil davomida Germaniya kömagida Pokistonda turar joy va parvariş bilan ta’minlangan, Germaniyaga köçib ötişni kutib yaşagan. Uning fikriça, Berlin bu odamlar oldidagi javobgarlikdan voz keçib, ularni “insonparvarlikka zid va ayollarga nisbatan tajovuzkor rejim ixtiyoriga taşlab qöyişga haqli emas”.












