Daromad soliğidan ozod qilinadigan kasb egalari röyxati e'lon qilindi
|00:58 / 10.06.2020143 40110 min
Röyxatga kiritilişi kutilgan taksiçilar yuzga yaqin kasb egalariga berilayotgan yengillikdan çetda qoldi.
Foto: keptelenseg.huFoto: keptelenseg.hu
«Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, 1 iyuldan boşlab özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari soni 24tadan 67taga köpaytirildi:
1. Uyda repetitorlik qiliş — bolalar va kattalar bilan ta'lim fanlari böyiça yakka tartibda hamda guruh bölib maşğulotlar ötkaziş
2. Bolalarga qarab turiş va ularni parvariş qiliş böyiça jismoniy şaxslarga körsatiladigan xizmatlar
3. Bemorlar hamda doimiy ravişda özgalar parvarişiga muhtoj keksa kişilarga qarab turiş va ularni parvariş qiliş böyiça jismoniy şaxslarga körsatiladigan xizmatlar
4. Uy xöjaligini yuritiş va uy işlarini bajariş, şu jumladan, turar joylarni tozalaş, ovqat pişiriş böyiça uy xöjaliklariga xizmat körsatiş
5. Xonalarni tozalaş, jizmoniy şaxs hududini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş
6. Uyda jismoniy şaxslarning mebellarini ta'mirlaş va yiğiş
7. Jismoniy şaxslarga murakkab bölmagan umumiy quriliş, quriliş-ta'mirlaş işlari (beton quyiş, böyoqçilik, suvoqçilik işlari, ğişt va kafel teriş, perforatsiya, duradgorlik, çilangarlik va boşqa umumiy quriliş işlari)
8. Jismoniy şaxslarning santexnika uskunalarini mayda ta'mirlaş va örnatiş
9. Jismoniy şaxslarga kvartira içida (şaxsiy quriliş işlarida — uy içida) elektr montaj işlari (elektr xavfsizligi böyiça ruxsati bölganda)
10. Dehqon va fuqarolarning tomorqa uçastkalarida yer çopiş va rekultivatsiya işlari
11. Fermer xöjaliklari egalari buyurtmasi böyiça qişloq xöjaligi işlari (qişloq xöjaligi ösimliklari va hayvonlarni parvariş qiliş, qişloq xöjaligi ekinlari hosilini yiğiş va boşqa qişloq xöjaligi işlari)
12. Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uçastkalari landşaftini barpo etiş işlari
13. Qişloq xöjaligi ösimliklarini ekiş va parvariş qilişda, qişloq xöjaligi ekinlari hosilini yiğib olişda dehqon va tomorqa uçastkalari egalariga yordam beriş
Mavzuga oid
14. Çorva mollarini ötlatiş, ularni parvariş qiliş
15. Jismoniy şaxslarga kompyuterlarni ta'mirlaş va sozlaş, litsenziyalangan dasturiy ta'minot örnatiş
16. Buyurtmaçining uyida bajariladigan maişiy texnikani örnatiş va ta'mirlaş
17. Jismoniy şaxslarning şaxsiy avtomobillarini mayda ta'mirlaş, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya örnatiş,
ğiloflar va pol qoplamalarini tikiş
18. Jismoniy şaxslarning avtomobillarini yuviş, avtomobillar kuzovlarini silliqlaş
19. Mexanizatsiya vositalarini qöllamay, uyda bajariladigan yuk ortiş va yuk tuşiriş işlari
20. Makulatura, plastik idiş, temir-tersak va qöşimça xomaşyo töplaş
21. Xalq tabobati (litsenziyasi bölganda)
22. Xususiy şaxslarga boş xizmatkor va konserj xizmatlarini körsatiş
23. Şaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy şaxslarga tovarlarni yetkazib beriş (yuk taşiş bundan mustasno)
24. Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda taşiş
25. Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib oliş va sotiş
26. Velosipedlarni ta'mirlaş
27. Yoğoç me'morçiligi (bolalar maydonçalari va park zonalari uçun yoğoçdan yasalgan qurilmalar, haykallar)
28. Rassomlik
29. Metall ta'mirlaş işlari (uyda amalga oşiriladigan maişiy metall buyumlarini ta'mirlaş, kalitlarning dublikatlarini tayyorlaş, soyabonlarni ta'mirlaş, boşqa maişiy metall buyumlarini oddiy ta'mirlaş)
30. Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlaş va sotiş
31. Dehqon bozorlarida qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş
32. Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş
33. Sartaroşlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari
34. Kosmetolog xizmatlari va şunga öxşaş boşqa xizmatlar
35. Uyda kir yuviş va dazmollaş xizmatlari
36. Tikuv, möyna, çarm va trikotaj buyumlarni, boş kiyimlarni va töqimaçilik galantereyasi buyumlarini ta'mirlaş, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi böyiça tikuv va trikotaj buyumlarini, boş kiyimlarini va töqimaçilik galantereyasi buyumlarini tikiş
37. Gazlamalarga naqşlar soliş (gazlamalar va kiyim aşyolarini qölda böyaş, gazlamalarga, şu jumladan trafaretli bosma va qölda rasm çiziş usuli bilan rasmlar soliş)
38. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari böyiça poyabzal tikiş, poyabzalni ta'mirlaş, böyaş va tozalaş
39. Yakka tartibda deraza va eşik pardalarini tikiş va ta'mirlaş, kaştaçilik
40. Galantereya buyumlarini tayyorlaş va ta'mirlaş
41. Bijuteriya va jyevaklarni tayyorlaş va ta'mirlaş
42. Kalitlar tayyorlaş
43. Ölçov vositalari tayyorlaş va ijaraga beriş
44. Gulçambarlar (şu jumladan, motam gulçambarlari), sun'iy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlaş
45. Tösiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulçambarlarni tayyorlaş va ta'mirlaş
46. Kesuvçi buyumlar va asboblarni çarxlaş
47. Akvarium baliqlari, dekorativ quşlar va boşqa hayvonlarni köpaytiriş va sotiş
48. Musiqa asboblarini ta'mirlaş va sozlaş
49. Video va fotosuratga oliş xizmatlari
50. Qadoqlaş uskunalaridan foydalanmagan holda uy şaroitida milliy şirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlaş
va sotiş
51. Milliy non va patirlarni tayyorlaş va sotiş
52. Salatlar va tuzlamalarni tayyorlaş va sotiş, şuningdek, uy şaroitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlaş va ötiriş joylarini taşkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotiş
53. Uyda quyib sotiş uçun salqin içimliklar, ayron, göja hamda qurt tayyorlaş va sotiş
54. Tögaraklar taşkil etiş va yuritiş
55. Tulumni şişiriş xizmatlari (taksidermik işlar).
56. Gullar va dekorativ daraxtlar yetiştiriş va sotiş (şu jumladan bonsay san'ati)
57. Reklama bukletlarini tarqatiş, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qiliş
58. Muqovalaş işlari
59. Namoyişlarda kiyimlar modelini namoyiş qiliş, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga
tuşiş
60. Ekskursiyani taşkil etiş va ötkaziş xizmatlari
61. Matnni yaratiş va işlov beriş (kopirayter, rerayter, SeO-kopirayter, SeO-rerayter, musahhih, kontent-menejyer, muharrir, ye-mail orqali xatlarni jönatiş böyiça mutaxassis, spiçrayter, transkriber va boşqalar)
62. Mul'timedia, dizayn va san'at materiallarini yaratiş va işlov beriş (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter öyinlari dizayneri, interer dizayneri, landşaft dizayneri, liboslar dizayneri, retuşer, fotokollajçi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallaştiruvçi dizayner, ma'lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, mouşn-dizayner, banner yasovçi, naşriyot dizayneri, fleşer, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissyori, aranjirovkaçi, suxandon, foto muharrir va boşqalar)
63. Dasturiy ta'minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni işlab çiqiş va texnik qöllab-quvvatlaş (dasturçi, dasturiy ta'minotni sinovçi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovçi, veb-tahlilçi, veb-saytlarni optimizatsiyalaş böyiça mutaxassis)
64. Tarjima qiliş xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qiliş, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi)
65. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menejyer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (işlar, xizmatlar) uni ilgari suriş va reklama qiliş (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejyer, marketolog, link-menejyer, targetolog, kontekst-reklama böyiça mutaxassis, direktolog, media rejalaştiruvçi, SMO mutaxassisi)
66. Kadrlar tanlaş sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan işlovçi menejyer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejyer, rekruter, şaxsiy assistent)
67. Onlayn konsultatsiya beriş (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatçi, vebinar olib boruvçi)
Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev özini özi band qilayotgan, qölida kasb-hunari bor odamlarga munosib şaroit yaratiş böyiça yangi tizim joriy etilişini aytgandi. Yangi tizimga asosan, yuqoridagi röyxatga kiritilgan kasb egalari daromad soliğidan ozod qilinadi.
«Mazkur imtiyozdan foydalaniş uçun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qiliş kifoya. Ilğor xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni röyxatga oliş va hisobini yuritiş böyiça mobil ilova işlab çiqiladi», – degandi davlat rahbari.
Eslatib ötamiz, 19 may kungi yiğilişda taksiçilar ham daromad soliği tölaşdan ozod etilişi e'lon qilingan edi. Ammo qaror bilan tasdiqlangan yuqoridagi röyxatga kirakaşlar kiritilmagan.
Endilikda, özini özi band qilgan şaxslar uçun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi, iştirokçilari soni kamida uç nafar bölgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada tölaydi.
Qabul qilingan qaror asosida 1 iyuldan boşlab joriy etiladigan tartibga köra:
özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida özini özi band qilgan sifatida röyxatdan ötganlikni tasdiqlovçi matritsali ştrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali amalga oşiriladi hamda vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini beriş tartibi bekor qilinadi;
özini özi band qilgan şaxslar 2020 yil uçun ijtimoiy soliqni özini özi band qilgan şaxs sifatida haqiqatda işlagan vaqtidan qat'i nazar, BHMning kamida 50 foizi hajmida tölaydi. Uşbu summa töliqligiça budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yönaltiriladi, undan kelib çiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun örnatilgan tartibda pensiya hisoblaş uçun daromad hajmi aniqlanadi;
özini özi band qilgan şaxslar yollanma işçilarni jalb qila olmasligi hamda iş beruvçiga ega böla olmasligi töğrisidagi talab saqlanib qoladi.