Tadbir avvalida davlat rahbari koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş işlariga yana bir bor töxtalib ötdi.

Kasallikni yuqtirgan 2 ming 802 nafar fuqaromizdan 2 ming 314 nafari yoki 82 foizi butunlay soğaygani, bu kuraşda çinakam jasorat körsatayotgan 23 ming nafar tibbiyot xodimlariga jami 78 milliard sömdan ziyod rağbatlantiriş puli tölab berilgani aytildi.

«Kasallikka qarşi kuraşiş bilan birga, çet ellardagi fuqarolarimiz haqida ham qayğuryapmiz. Hozirgi kungaça xorijdan 39 ming nafar yurtdoşlarimizni olib keldik. Taşqarida oğir ahvolda qolgan yana 12 ming nafar fuqaromizga tegişli yordam körsatib, ularni yurtimizga olib keliş çoralari körilmoqda», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiyot tarmoqlarida faollik tiklanmoqda. Misol uçun, oxirgi haftada tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan elektr energiyasi iste'moli 13 foizga köpaygan. Şuningdek, sönggi ikki haftada birjada sement savdosi oldingi oyning şu davriga nisbatan 104 ming tonnaga, yoqilği mahsulotlari 74 ming tonnaga, quriliş oynasi 60 ming kvadrat metrga oşgan.

Epidemiologik holatdan kelib çiqib, hududlarni «yaşil», «sariq» va «qizil» zonalarga ajratgan holda, 110 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yekti faoliyatiga ruxsat berildi, 600 mingdan ziyod xodimlar iş joyiga qaytdi.

https://ok.ru/videoembed/1500811102911

Umuman, sönggi ikki oyda pandemiyaning aholi turmuş tarzi va iqtisodiyot tarmoqlariga ta'sirini yumşatiş böyiça prezidentning 12ta farmon va qarori qabul qilindi. Buning natijasida 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion sömlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.

18 may kuni davlat rahbarining «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi  farmoni qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 500 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari va 100 mingga yaqin aholiga qöşimça 1,7 trillion sömlik kömak beriladi.

«Qançalik oğir bölmasin, nima şaroit yaratiş zarur bölsa, barçasini qildik. Endi iqtisodiyot va investitsiya komplekslari, sektor rahbarlari quyi tizimda uşbu imtiyozlarning har bir tadbirkor va fuqarogaça yetib borişini ta'minlaşi kerak», dedi prezident.

Respublika komissiyasiga sohalar va hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib,