Prezident ipakçilik tarmoğida keskin özgariş qiliş zarurligini ta’kidladi.

Qayd etilişiça, Vetnam va Xitoy tajribasi asosida pillani sanoat usulida yetiştiriş yölga qöyiladi, pilla yetiştiruvçilarning moddiy manfaatdorligi oşiriladi.

Buning uçun ikki bosqiçda bozor tamoyillariga ötiladi.

Birinçi bosqiçda bu yil pilla narxi 25 foizga oşiriladi. Aholiga pilla yetiştiriş uçun subsidiya beriladi va pilla yetiştiruvçilar daromad soliğidan ozod qilinadi.

Ikkinçi bosqiçda esa 2025 yildan narxni davlat belgilaşi, klasterlarga tumanlarni biriktiriş, fermer va kasanaçilar özi yetiştirgan pillani faqat klasterlarga sotişi amaliyotidan voz keçiladi. Ya’ni, pilla fermer va klaster örtasida erkin narxda tuziladigan şartnoma asosida yoki birja orqali sotiladi.

Yiğilişda pillaçilik sohasini rivojlantiriş böyiça mutasaddilarga qator topşiriqlar berildi.

Jumladan, ipak qurtini xonadonlarga tarqatib, örma tutzor taşkil etiş va uy şaroitida tayyor ipak işlab çiqarişni rağbatlantiriş böyiça tizim yaratilişi ta’kidlandi.

Ozuqa-yem bazasini köpaytiriş uçun bu yil dalalar atrofida 150 mln yangi navli hosildor tut köçatini ekiş topşirildi.

Ipakçilik instituti huzurida 2 ta naslli uruğlik stansiyasi işga tuşiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar taklif qilinib, naslli ipak qurti zotlarini yaratiş boşlanadi.