Qarorga köra, Davlat soliq qömitasi 2020 yil 1 iyulga qadar özini özi band qilgan şaxslarni masofadan turib röyxatga oliş uçun quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutuvçi mobil ilovani işlab çiqadi va joriy qiladi:
- buyurtmalarni qabul qiliş va körsatilgan xizmatlar (tovarlar) uçun tölovlarni amalga oşiriş;
- yuridik şaxslarga xizmatlar körsatişda (tovarlarni sotişda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qiliş;
- mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritiş hamda uşbu ma'lumotlardan keyinçalik, şu jumladan, kredit oliş va (yoki) soliqlarni hisobdan çiqariş maqsadida foydalaniş;
- özini özi band qilgan şaxslarning tovarlarini (işlarini, xizmatlarini) reklama qiliş;
- körsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholaş va iste'molçilar tomonidan fikr-mulohazalar qoldiriş.
Örnatilayotgan yangi tartibga muvofiq:
- joylaşgan joyi (poçta manzili) özgarganda yuridik şaxslar – tadbirkorlik sub'yektlarini davlat tomonidan qayta röyxatdan ötkaziş katta miqdorlarda soliq qarzdorligi mavjud bölmagan taqdirda xabar beriş tartibini qöllagan holda bekor qilinadi;
- yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyiş ularni davlat tomonidan röyxatdan ötkazilayotganda (qayta röyxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib boriş joyi böyiça amalga oşiriladi
- yakka tartibdagi tadbirkorning davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.
Qarorda belgilanişiça, özini özi band qilgan şaxslar uçun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi, iştirokçilari soni kamida uç nafar bölgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada tölaydi.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2021 yilda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni osonlaştiriş, şu jumladan, quyidagilarga imkon yaratuvçi servislardan real vaqt rejimida foydalanişga yordam beradigan «Biznes navigator» axborot tizimini joriy qiladi:
- tadbirkorlik faoliyatining tegişli hududdagi raqobatbardoş turini tanlaş;
- kredit oliş uçun zarur bölgan biznes-reja loyihasi va hujjatlar töplamini şakllantiriş;
- tegişli tadbirkorlik faoliyati uçun taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar töğrisida ma'lumot oliş;













