Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professional ta’limdagi pedagog va ustalar oyligi o‘rta maktab o‘qituvchilariga tenglashtiriladi
Prezident raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mutasaddilarga professional ta’lim pedagog va ustalari uchun munosib sharoit qilib berish, ular kasbiy mahoratini oshirib boradigan tizim yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
“Ochiq aytish kerak, 2 million so‘m oylik olayotgan texnikum yoki kasb-hunar maktabi muallimlaridan kamida 5 million so‘m ish haqi oladigan mutaxassislar tayyorlab berishni talab qilyapmiz”, dedi prezident.
Kelgusi yil 1 yanvardan:
- professional ta’limdagi pedagog va ustalar oyligi o‘rta maktab o‘qituvchilariga tenglashtiriladi;
- o‘qituvchilar malaka toifasi uchun to‘lanadigan ustama o‘rtasidagi farq 2 barobarga oshiriladi;
- erishgan natijasiga qarab, fidoyi va tashabbuskor pedagog kadrlar oyligiga 50 foizgacha ustama to‘lash joriy etiladi.
Kelgusi yilda buning uchun budjetdan qo‘shimcha 150 mlrd so‘m ajratiladi. Shu bilan birga, professional ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirishda yangi tizim yaratiladi.
Universitetlar huzuridagi malaka oshirish fakultetlari o‘rniga har bir viloyatda Professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:04 / 14.05.2026
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
11:44 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi
10:40 / 18.03.2026