Bolalarga nisbatan noqonuniy xatti-harakat sodir etgan pedagoglarni ta’lim tizimidan vaqtinça çetlaştirişni nazarda tutuvçi qonun qabul qilinmoqda.
Bolalarga nisbatan noqonuniy xatti-harakat sodir etgan pedagoglarni ta’lim tizimidan vaqtinça çetlaştirişni nazarda tutuvçi qonun qabul qilinmoqda. Hujjat Qonunçilik palatasidan ötgan, hozirda Senat tomonidan körib çiqilmoqda.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ta’kidlaşiça, xozir zöravonlikka yöl qöygan pedagoglar bu muassasadan işdan böşatilsa, boşqa ta’lim dargohida faoliyatini davom ettirişi mumkin. Yangi tartib bilan bu kabi holatlarda ularning ta’lim tizimida işlaşiga 1 yillik çeklov örnatiladi.
“Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zöravonlikka yöl qöygan şaxslarga nisbatan çora köriş masalasida bizning qat’iy pozitsiyamiz bor va bir neça yillardan beri şu pozitsiyani biz bildiramiz. Ya’ni bunday şaxs, zöravonlikka yöl qöygan şaxs faqatgina öşa lavozimidan yoki işlab turgan joyidan ozod qilinişi emas, u kelgusida ana şu harakatlarini davom ettirişiga yöl qöyilmasligi kerak. Ya’ni uning faoliyatida muayyan çeklovlar bölişi kerak. Mana şu taklifimiz davlat rahbari tomonidan qabul qilingan 201-sonli farmon doirasida ma’qullanib, şu çeklovlar joriy qiliş böyiça topşiriq berilgan va buning doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi qonun loyihasi işlab çiqqan va bu qonun parlamentimizning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan. Hozirda Senat tomonidan körib çiqilmoqda”, – dedi u.
Ombudsmanga köra, ta’lim muassasalariga işga qabul qilinayotgan xodimlarni psixologik tekşiruvdan ötkaziş zarurati bor. Bolalar bilan işlaş yuqori darajada emotsional barqarorlikni talab qiladi va agressiya yoki depressiya holatidagi şaxslar bu muhitda xavf tuğdirişi mumkin. Bu borada yana bir muhim mexanizm sifatida ta’lim muassasalarida videokuzatuv tizimlari joriy etilişi kerak.
Töliq körsatuvni uşbu havola orqali tomoşa qiling.











