Hujjatda qayd etilişiça, mazkur tartib davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi. Taşqi diagnostika orqali bölajak öqituvçilarning bilim darajasi yagona metodologiya asosida tekşiriladi.

Taşqi diagnostika har yili bahorgi semestrda ötkaziladi. Bunda pedagogika yönalişida tahsil olayotgan 3-bosqiç talabalari iştirok etadi. Qaysi akademik guruh testga jalb qilinişi maxsus işçi guruh tomonidan tanlanadi.

Test sinovlari talabaning tahsil tilida taşkil etiladi va 50 ta savoldan iborat böladi. Unda talabalarning:

— fan va uni öqitiş metodikasi;
— pedagogik va psixologik kompetensiyasi;
— sinfni boşqariş könikmasi;
— baholaş kompetensiyalari tekşiriladi.

Jami 100 ball beriladi. Agar yönaliş böyiça talabalarning örtaça natijasi 56 ball va undan yuqori bölsa, u “belgilangan talablarga javob beradigan” deb baholanadi. 55 ball yoki undan past körsatkiç qayd etilsa, ta’lim sifati talab darajasida emas deb topiladi.

Nizomga köra, taşqi diagnostika natijalari talabalarning reyting bahosiga ta’sir qilmaydi. Biroq past natija qayd etilgan pedagogika yönalişlari böyiça oliy ta’lim muassasalari navbatdan taşqari tekşiruvga tuşişi mumkin. Bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligiga taqdim etiladi.

Şuningdek, baholaş natijalari asosida ta’lim dasturlarini yangilaş, pedagoglar malakasini oşiriş va öquv jarayonini modernizatsiya qiliş böyiça takliflar işlab çiqilişi belgilangan.