Jamiyat | 13:49 / 26.07.2021
17200
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda kuchli shamol esib, qum bo‘roni bo‘lmoqda

Qashqadaryo viloyatining turli tumanlarida kuchli shamol esib qum bo‘roni bo‘lmoqda. Holat tasvirlangan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Bugun turli ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining turli hududlarida kuchli shamol esib, qum bo‘roni bo‘layotgani tasvirlangan videolavhalar tarqalmoqda.

Jumladan, Kun.uz mobil muxbirining ma'lum qilishicha, ayni damda viloyat markazi Qarshi shahrida kuchli shamol esib, qum bo‘roni bo‘lyapti. Shamol tufayli elektr energiyasi ta'minotida muammolar yuzaga kelgan. Shaharning aksariyat ko‘chalarida svetoforlar ishlamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 27 iyul kuni O‘zbekistonda shamol tezligi 25-30 metr/sekundgacha yetishini va mamlakat bo‘ylab changli bo‘ron sodir bo‘lishini xabar qilgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid