Tadbirkorlarga nooziq-ovqat mahsulotlarining sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi
Tadbirkorlarga maxsus tijorat avtomashinalaridan foydalanish sharti bilan mavsumiy tovarlarning sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi
Karantin sabab barcha buyum bozorlari faoliyati to‘xtaganligi bois aholining kiyim-kechak, maishiy texnika va shu singari qator boshqa tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji internet do‘konlari orqali qisman qanoatlantirilayotgan edi.
Kunlar tobora isib boryapti. Bu pallada odatda tomorqada ishlar avj oladi. Ekin ishlarini olib borish uchun urug‘lik va ko‘chatlardan tashqari xo‘jalik mollari ham kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, odatda bahorning o‘rtalarida ko‘pchilikda yangi mavsum uchun liboslar, ust-boshga ehtiyoj bo‘ladi.
Karantin davrida barcha buyum bozorlari ishlamayotganligi sababli, aholining mazkur yo‘nalishdagi talab va ehtiyojidan kelib chiqib, tadbirkorlarga maxsus tijorat avtomashinalaridan foydalanish sharti bilan mavsumiy tovarlarning sayyor bozorini tashkil etishga ruxsat berildi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shunday sayyor savdo nuqtalarini tashkil etishni istagan tadbirkorlardan ushbu faoliyat uchun sanitariya-gigiyena talablarini ta'minlaganlari holda maxsus tijorat mashinalarini tashkil etishlari va savdo jarayonida ham bu turdagi faoliyat uchun maxsus ishchi guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga amal qilishlari talab etiladi.
Mazkur tijorat mashinalaridagi savdo qachon, qaysi manzillarda ishlashi bo‘yicha tuman hokimliklari aholini muntazam xabardor etib boradi.
Mavzuga oid
15:42 / 29.06.2024
“Elektroset” ogohlantirmasdan svetni o‘chirsa, javobgarlikka tortish taklif etilmoqda - biznes ombudsman
08:08 / 10.06.2024
Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi
19:38 / 08.06.2024
Yakuniy benefitsiarlarni ochiqlash haqidagi qonun taqdiri nima bo‘ldi?
14:34 / 18.03.2022