Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
Kishi boshiga eng ko‘p guruch iste’moli Myanmada qayd etildi - bir kishi yiliga o‘rtacha 278,97 kilogramm guruch iste’mol qiladi.
Foto: iStock
2025 yilda Xitoy, Hindiston va Indoneziya dunyoda eng ko‘p guruch iste’mol qilingan mamlakatlar bo‘ldi.
“Mintaqaviy darajada guruch iste’moli bo‘yicha Janubi-Sharqiy Osiyo yetakchilik qiladi. Jahon umumiy iste’mol hajmining 50 foizi to‘g‘ri keladigan Xitoy va Hindiston mos ravishda 192,8 mln tonna va 140,3 mln tonna guruch iste’mol qiladi», — deyiladi Straits Research konsalting kompaniyasi hisobotida.
Shuningdek, Indoneziya (51,8 mln tonna), Bangladesh (42,2 mln tonna), Filippin (22,5 mln tonna), Vetnam (22,4 mln tonna), Myanma (15,1 mln tonna), Tayland (12,8 mln tonna), Yaponiya (9,1 mln tonna) va Braziliya (7,1 mln tonna) 2025 yilda guruch iste’moli bo‘yicha top-10 mamlakatlar qatoridan joy oldi.
Kishi boshiga eng ko‘p guruch iste’moli Myanmada qayd etildi — bir kishi yiliga o‘rtacha 278,97 kilogramm guruch iste’mol qiladi. Eng ko‘p guruch iste’mol qilingan Xitoyda esa bir kishiga to‘g‘ri keladigan guruch miqdori 98,98 kiloni tashkil etadi.
Mavzuga oid
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
18:28 / 01.04.2026
Xitoy asoschisi Mao haqidagi muhim ma’lumotlar aks etgan hujjatlar AQSh hududida qoladi
17:57 / 01.04.2026